To’rtta vazn toifasida jahon chempionlari: Saul “Kanelo” Alvares (62-2-2, 39 KO) va Terens Krouford (41-0, 31 KO) o’rtasidagi sentyabr oyiga rejalashtirilgan jang bekor qilindi. Bu haqda The Ring xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, jangning bekor qilinish sabablari hozircha noma’lum. Sportchilar sentyabr oyida Las-Vegasda ringga ko’tarilishi kerak edi.
Eslatib o’tamiz, Krouford o’zining so’nggi janggida hamyurtimiz Madrimovni, Kanelo esa Berlangani mag‘lub etgandi.