Ispaniya Superkubogi finalida “Barselona” va “Real Madrid” o’zaro to’qnash keldi. Uchrashuv Saudiyaning Jidda shahridagi neytral “Qirol Abdulla Sports Siti” stadionida bo’lib o’tdi.
Bahs “Barselona”ning 5:2 hisobidagi g’alabasi bilan yakunlandi va “El-Klasiko”lar tarixida o’ziga xos rekord qayd etildi. Bu haqda Opta Sport xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, kataloniyaliklar “El-Klasiko”lar tarixida birinchi bor ketma-ket ikki o’yinda to’rt yoki undan ko’proq gol urdi. Flik shogirdlari “Real” bilan oldingi La Liga doirasidagi o’yinda 4:0 hisobida zafar quchgandi.
Ma’lumot uchun, oxirgi marta bunday holat 1963-yilda kuzatilgandi. O’sha yili “Real” “Barselona”ni ketma-ket ikkita o’yinda yirik hisobda mag’lub etgandi (5:1, 4:0).