Ikkinchi yengil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue joriy yilning iyun va sentyabr oylarida ringga qaytishni rejalashtirgan.
The Ring xabariga ko’ra, yaponiyalik bokschining navbatdagi janggi 24 yoshli meksikalik Alan Pikassoga qarshi bo’lib o’tadi.
Agar Inoue g’alaba qozonsa, sentyabrda o’z vatani – Yaponiyada hozircha nomi ma’lum qilinmagan raqibga qarshi to’qnash keladi. Hammasi yaxshi kechsa, Naoya dekabr oyida yana ringga qaytadi.
Dekabr oyidagi raqibi esa vaqtinchalik WBA kamari sohibi Murodjon Ahmadaliyev bo’lishi mumkin. Bunga yetarlicha sabablar bor. Chunki avvalroq, Turki Al ash-Sheyx Inoue va Ahmadaliyev o’rtasida jang tashkil qilmoqchiligini xabar qilgandi.