Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “Barselona”ga qarshi Ispaniya Kubogi finalidan so’ng lavozimini tark etishi mumkin. Bu haqda Sky Sports nashri xabar bermoqda.
Avvalroq, “Real” Chempionlar Ligasi chorak finalida “Arsenal”ga ikki o’yinda ham mag’lub bo’lib, turnir bilan xayrlashgandi.
Hozirda Madrid klubi La Liga turnir jadvalida “Barselona”dan 4 ochkoga ortda qolib, 66 ochko bilan ikkinchi o’rinda bormoqda.
Eslatib o’tamiz, Anchelotti 2021-yildan buyon “Real”ni boshqarib kelmoqda. Bu davr ichida u bir necha bor Ispaniya chempioni va Chempionlar Ligasi g’olibi bo’lgan.