Saudiyaning “Al-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o’zini tarixdagi eng yaxshi futbolchi deb atadi va faoliyatini nechta gol bilan yakunlashi unga qiziq emasligini aytdi.
“Agar 920, 925 gol bilan yakunlasam… Menga farqi yo’q. Men tarixdagi eng yaxshisiman. Agar 1000 ta golga yetsam, ajoyib. Agar yetolmasam, bu ham yaxshi. Raqamlar hech qachon yolg’on gapirmaydi”, – deydi Ronaldu.
Eslatib o’tamiz, Krishtianu Chempionlar Ligasining besh karra g’olibi va “Oltin to’p”ning besh karra sohibi hisoblanadi. Shuningdek, Ronaldu kecha faoliyatidagi 923-golini urishga erishdi.