Super o’rta vazn toifasida WBC, WBA Super va WBO kamarlari sohibi Saul “Kanelo” Alvares hamda yarim o’rta vazn toifasida WBA Super va WBC kamalari egasi Terens Krouford o’zaro jang o’tkazish bo’yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda The Ring xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, jang joriy yilning sentyabr oyida Las-Vegasda bo’lib o’tadi. Aniq sana keyinroq ma’lum qilinadi.
Ta’kidlanishicha, Alvares 3-may kuni yana jang o’tkazishi mumkin, ammo raqib hozircha noma’lum. Variantlardan biri – super o’rta vazn toifasida IBF chempioni Uilyam Skull.