Amerikalik mashhur bokschi Rayan Garsiya o’zining kelajakdagi rejalari haqida gapirdi.
“Men uzoq vaqt janglarda ishtirok etmadim, lekin ringga qaytishdan avval nimadir tayyorlayapman.
Mana aprelgacha bo’lgan rejam: dekabr oyida Yaponiyada Menni Pakyao bilan jang qilgan yigitga (Rukia Anpo) qarshi ko’rgazmali jang o’tkazaman. Keyin esa Mayk Tayson uchun Jeyk Poldan qasos olaman”, – deydi Garsiya.
Eslatib o’tamiz, Rayan Garsiya o’zining so’nggi janggida Devin Xeyni mag’lub etgandi. Keyinchalik Garsiyada doping aniqlandi va ushbu jang natijasi bekor qilindi.