Myunxenning “Bavariya” klubi darvozaboni Manuel Noyer jamoasi bilan o’rtadagi shartnomani 2026-yilning yoziga qadar uzaytirdi. Bu haqida nemis klubi matbuot xizmati xabar berdi.
“Menga futbol o’ynash juda yoqadi va men “Bavariya” futbolchisi bo’lib qolishni istayman. Biz doim yaxshi suhbatlar quramiz. Bu yaxshi tuyg’u va bizning hali birgalikda erishishimiz kerak bo’lgan ko’plab maqsadlarimiz bor”, – deya Noyerning so’zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.
Ma’lumot uchun, 38 yoshli darvozabon “Bavariya” bilan 11 karra Germaniya chempioni, 5 karra Germaniya kubogi va 2 karra Chempionlar Ligasi g’olibi bo’lgan.
