Super o’rta vazn toifasida vaqtinchalik WBO chempioni va WBA kamari sohibi Terens Krouford ushbu vazn toifasida amaldagi WBC va WBO chempioni Sebastyan Fundoraga qarshi jang qiladi. Bu haqda The Ring xabar berdi.
Manbaga ko’ra, bokschilarning jamoalariga kelishuvga erishish uchun 30 kun muhlat berilgan. Agar ular kelisha olmasa, WBO ushbu jangni tashkil etish huquqi uchun tender o’tkazadi.
Eslatib o’tamiz, Terens Krouford o’zining so’nggi janggini hamyurtimiz Isroil Madrimovga qarshi o’tkazgan va ochkolar hisobiga g’alaba qozongandi.
Sebastyan Fundora esa oxirgi janggini Timofey Tszyuga qarshi o’tkazgan va u ham ochkolar hisobiga g’alaba qozongan.
