Kataloniyaning “Barselona” klubi Dani Olmo uchun yangi taklif yubordi.
Avvalroq “Barselona” “Lepsig”ga transfer uchun 50+15 million yevro taklif qilgandi.
Kataloniyaliklar bu safar 55 million yevro, shuningdek, hammasini qo’shib hisoblaganda 7 million yevro bonus taklif qilmoqda. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko’ra, yarim himoyachining o’zi ham “Barselona”ga o’tishga rozi va u klub bilan 2030-yilning iyunigacha bo’lgan shartnoma borasida kelishib olganini ta’kidlagan.