“Liverpul”ning gollandiyalik himoyachisi Virjil van Deyk mersisaydliklar bilan 2027-yilning yozigacha mo’ljallangan yangi shartnoma imzolaydi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Van Deyk joriy mavsum APL’da 31 ta o’yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. 33 yoshli himoyachi 2018-yildan buyon “qizillar” safida o’ynab kelmoqda.
Eslatib o’tamiz, avvalroq “Liverpul” 32 yoshli misrlik hujumchi Muhammad Saloh bilan shartnomani uzaytirganini e’lon qilgandi.