Ukraina milliy jamoasi va «Ayaks» klubi himoyachisi Aleksandr Zinchenko jarohati sabab JCh-2026 pley-off oʻyinlarini oʻtkazib yuborishi mumkin. Bu haqda TaToTake nashri xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, Zinchenko Niderlandiya Erediviziyasining 23-turidan oʻrin olgan «Fortuna»ga qarshi bahsda chap oyogʻidan jiddiy jarohat olgan.
Shifokorlarning taʼkidlashicha, agar futbolchida yon boylamlarining uzilishi aniqlansa, tiklanish muddati olti haftadan uch oygacha davom etadi. Agar unda tizzaning oldingi xochsimon boylamlari uzilishi aniqlansa, bu 8 oydan 12 oygacha reabilitatsiya talab qiladi.
Qayd etilishicha, yakuniy xulosa MRT tekshiruvidan soʻng maʼlum boʻladi.
Eslatib oʻtamiz, Aleksandr Zinchenko qishki transferlar vaqtida «Arsenal»dan ijara asosida «Ayaks»ga oʻtgandi. Ukrainalik futbolchi faoliyati davomida «Manchester Siti» va «PSV» jamoalaridan ham toʻp surgan.
