Leverkuzenning “Bayer” klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso faoliyatini APL’da davom ettirishi mumkin.
Todofichajes xabariga ko’ra, “Manchester Siti” Pep Gvardiola bilan xayrlashishga to’g’ri kelib qolganda, jamoaga Alonsoni olib kelmoqchi.
Eslatib o’tamiz, avvalroq OAV’da Madridning “Real” klubi Karlo Anchelottiga o’rinbosar sifatida germaniyalik mutaxassisni ko’rayotgani xabar qilingandi.