Yarim o’rta vazn toifasida o’zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro’ziboyev hozirda AQSh’da mashg’ulotlarini davom ettirmoqda.
Hamyurtimiz kecha o’z Instagram sahifasiga yangi post joylab, uni quyidagicha izohladi:
“Jang kutyapman”.

Eslatib o’tamiz, 31 yoshli Ro’ziboyev o’tgan yilning oktyabr oyida UFC 308 turniri doirasida Rinat Faxretdinovga qarshi jang qilishi kerak edi, biroq vakilimiz jarohat olgani sabab mazkur bellashuvda ishtirok eta olmadi.