“Inter” “Roma”ning 23 yoshli yarim himoyachisi Nikola Zelevskiyni mavsum oxirigacha ijaraga oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko’ra, polshalik futbolchining ijara shartnomasida sotib olish opsiyasi ham mavjud.
Ma’lumot uchun, Zelevski joriy mavsum barcha musobaqalarda 17 ta o’yin o’tkazib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 10 million yevroga baholanmoqda.