2008-yilda Born Rebni tomonidan asos solingan Bellator Ligasi endi yo’q.
Nufuzi jihatidan UFC’dan keyingi o’rinda turgan promoushen 17 yillik faoliyatidan so’ng rasman tugatildi. Bu haqda PFL Ligasi rahbarlari xabar berdi.
Eslatib o’tamiz, aynan PFL 2023-yilning noyabr oyida Bellator brendini “Paramount” kompaniyasidan sotib olgandi.
PFL asoschisi va hozirda uning boshqaruv raisi Donn Devisning so’zlariga ko’ra, barcha musobaqalar endi PFL brendi ostida o’tkaziladi.
Hozircha Bellator chempionlari hisoblangan Usmon Nurmagomedov, Patrisio Freyra va Kori Anderson singari jangchilar taqdiri noma’lumligicha qolmoqda.