“Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi faoliyatini APL’da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Tuttosport xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, “Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola argentinalik futbolchining transferiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ispaniyalik mutaxassis jamoa o’yinini yaxshilash uchun Messini mavsum oxirigacha ijaraga olmoqchi.
Qayd etilishicha, “Inter Mayami” xo’jayini Devid Bekxem agar Messi o’zini APL’da sinab ko’rmoqchi bo’lsa, uni qo’yib yuborishga tayyor.
Eslatib o’tamiz, Messi 2023-yilning yozida erkin agent sifatida “Inter Mayami”ga o’tgandi. Bu davr ichida u klub safida 39 ta o’yin o’tkazib, 34 ta gol urdi va 19 ta golli uzatmani amalga oshirdi.