Madridning “Atletiko” klubi Antuan Grizmanga o’rinbosar topdi.
Marca nashrining xabariga ko’ra, “matraschilar” “Manchester Siti” hujumchisi Xulian Alvaresni yaqin yillar ichida MLSga o’tishi kutilayotgan Antuan Grizmanning davomchisi deb hisoblamoqda.
Klub argentinalik forvardning maydonda yetakchilik qilishiga va hujumlarni muvaffaqiyatli yakunlashga qodirligiga ishonch bildirmoqda.
“Shaharliklar” esa markaziy hujumchini 70+20 million yevroga sotishga tayyor ekanligini bildirdi.
Ma’lumot uchun, hozirda Alvaresning “Transfermarkt”dagi narxi 90 million yevroga baholanmoqda.