“An-Nassr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya chempionati doirasidagi “Al-Vahda”ga qarshi o’yinga jamoasi bilan kechikib kelgani uchun uzr so’radi.
“Kechikkanimiz uchun klub nomidan uzr so’rayman. Stadionga tirbandlik sabab bir necha soat kechroq yetib bordik. Bu boshqa takrorlanmaydi”, – deydi Ronaldu.
Eslatib o’tamiz, “An-Nassr” va “Al-Vahda” o’rtasidagi bahs belgilangan vaqtidan bir soat kech boshlandi. Uchrashuv riyodliklarning 2:0 hisobidagi g’alabasi bilan yakunlandi.