“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoasining Angliya Premyer-ligasi 24-turida “Arsenal”dan uchralgan mag’lubiyati haqida fikr bildirdi.
“Oxirgi 25 daqiqadan afsusdaman. Biz 65-70 daqiqa davomida nima qilishimiz kerakligini unutib qo’ydik. Albatta, bu stadionda va bu jamoaga qarshi o’ynash juda qiyin.
Joriy mavsumda dastlabki daqiqalarni og’ir o’tkazyapmiz. Ammo bugun 10-15 daqiqadan so’ng nazoratni qo’lga oldik va yaxshi o’ynadik, deb o’ylayman.
Oxirgi 15-20 daqiqadan afsusdaman, jamoamiz juda yaxshi harakat qilayotgandi. Bunday natijani hazm qilish qiyin, biroq majburman.
Bu butun mavsum davomida sodir bo’lmoqda. Biz juda ko’p imkoniyatlarni qo’ldan boy beryapmiz. Bu xatolarni to’g’rilashga harakat qilyapmiz, ammo yana shunday bo’lyapti”, – deydi Gvardiola.