Xabaringiz bor, o’zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Yakubboyev hindistonlik raqibasi Vaishali Rameshbabuga qarshi o’yin oldidan uning qo’lini siqib qo’ymagani uchun ko’plab muhokamalarga sabab bo’lgandi.
Hodisa Tata Steel Challengers 2025 turnirining 4-turida ro’y berdi. Odatga ko’ra, shaxmatchilar partiyalar boshlanishidan oldin qo’l berib ko’rishadi. Ammo Nodirbek hindistonlik raqibasiga qo’l uzatmagan edi.
Yakubboyev ijtimoiy tarmoq orqali raqibasining qo’lini e’tiqodi sabab siqmagani, bu haqda sportchiga ertaroq ayta olmagani uchun afsusda ekanini aytgandi.
Bo’lib o’tgan voqealardan so’ng vakilimiz Vaishali bilan uchrashib, unga gul va shokolad sovg’a qildi va shaxsan uzr so’radi. Hindiston vakilasi esa vaziyatni to’g’ri qabul qilgani va o’sha kuniyoq holatni tushunganini ma’lum qildi.
Ma’lumot uchun, Nodirbek Yakubboyev Tata Steel Chess-2025’ning Challengers guruhida 10-turdan so’ng 5 ochko jamg’arib, 9-o’rinda bormoqda.