Turkiyaning “Fenerbaxche” klubi markaziy himoyachisi Yusuf Akchichek yozgi transferlar vaqtida jamoasini o’zgartirishi mumkin. Bu haqda Mirror Sport xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, 19 yoshli turkiyalik futbolchiga Yevropaning 6 ta grand klubi qiziqish bildirmoqda.
Qayd etilishicha, “Tottenhem”, “Bavariya”, “Atletiko”, “Man. Yunayted”, “Napoli” va “RB Leypsig” Akchichekni o’z safiga qo’shib olmoqchi.
Ma’lumot uchun, Yusuf joriy mavsum barcha turnirlarda 15 ta o’yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 5,5 million yevroga baholanmoqda.