“Bavariya”ning chap qanot himoyachisi Alfonso Devis kelajagi haqida fikr bildirdi.
Eslatib o’tamiz, kanadalik futbolchining myunxenliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakuniga yetadi va u erkin agentga aylanishi mumkin.
“Mening kelajagim? Men qolsam ham, ketsam ham bu klub yuragimda qoladi. Hozir men “Bavariya” futbolchisiman, shuning uchun bor e’tiborimni shunga qaratganman”, – deydi Devis.
Ma’lumot uchun, Alfonsoga hozirda asosiy davogar Madridning “Real” klubi hisoblanadi. “Qirollik klubi” qanot himoyachisini kelasi yozda erkin agent sifatida qo’lga kiritmoqchi.