Yevropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining so’nggi turida 18 ta o’yin bo’lib o’tdi va unda jamoalar 64 ta gol urishdi.
Opta Sport xabariga ko’ra, bu ko’rsatkich XXI asrdagi eng yuqori, turnir tarixidagi esa ikkinchi eng yaxshi natijadir.
Ma’lumot uchun, rekord 1970/1971-yilgi mavsumning birinchi bosqichida o’rnatilgan. Unda bir kunda jami 16 ta o’yin o’tkazilib, 66 ta gol urilgan.
Eslatib o’tamiz, “Liverpul” 8-tur yakunlariga ko’ra 21 ochko jamg’arib, umumiy bosqichni birinchi o’rinda yakunladi. “Barselona” va “Arsenal” 19 ochko bilan mos ravishda ikkinchi va uchinchi o’ringa joylashdi.