“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoaning joriy mavsumda Chempionlar ligasida g’alaba qozonish imkoniyatlari haqida gapirdi.
“Bu mavsum Chempionlar ligasida g’alaba qozona olasizmi? Ayni paytda bu vazifa biz uchun imkonsiz. Muvaffaqiyatga erishgan mavsumlarimizni eslasam, fikrlarim faqat g’alabaga yo’naltirilgan edi. Men doimo mavjud voqelikni hisobga olgan holda oqilona harakat qilaman.
Raqiblarimiz bizdan ko’ra tajribaga ega. “Real” qiyinchilikka uchragan bo’lishi mumkin, ammo so’nggi o’yinlarda ular o’z darajasiga qaytdi va natija ko’rsata boshladi. “Bavariya” esa Kompani qo’l ostida ajoyib mavsum o’tkazmoqda…
Agar ertaga o’ynashimiz kerak bo’lsa, bu oson bo’lmasdi. Biroq, bir-ikki hafta ichida vaziyat o’zgarishi mumkin va raqibimiz kim bo’lishi noma’lum. Biz puxta tayyorgarlik ko’ramiz, optimal formada bo’lamiz va kelajakda nima bo’lishini ko’ramiz”, – deydi Gvardiola.
Ma’lumot uchun, “Man. Siti” YChL’ning umumiy bosqichida 22-o’rinni egalladi. Shu tariqa, “shaharliklar” pley-offga yo’llanma oldi va ushbu bosqichda “Bavariya” yoki “Real”ga qarshi to’qnash keladi.