Kataloniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Lamin Yamal futbolda duch keladigan qiyinchiliklardan qochmasligini, aksincha unga yoqishini aytdi.
“Men dam olishni yoqtirmayman. Maydondagi qiyinchiliklar menga yoqadi. O’yin davomidagi qulaylikdan ko’ra, o’ynamaslikni afzal ko’raman”, – deydi Yamal.
Eslatib o’tamiz, Lamin Yamal Yevro-2024 g’olibiga aylangan va turnirning eng yaxshi yosh o’yinchisi deb topilgan. Uning Transfermarkt’dagi narxi 120 million yevroga baholanmoqda.