Yevropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 8-turidan oldin Germaniyaning “Shtutgart” va Fransiyaning PSJ klublari muxlislari o’rtasida keskin vaziyat yuzaga keldi. Bu haqda RMC Sport xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, to’qnashuvning oldini olish maqsadida 59 nafar muxlis hibsga olingan. Ularning barchasi parijliklar bo’lgan.
Eslatib o’tamiz, “Shtutgart” va PSJ o’rtasidagi bahs bugun Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da “Shtutgart Arena”da start oladi.
Ma’lumot uchun, PSJ hozirda YChL umumiy jadvalida 10 ochko bilan 22-o’rinni egallab turibdi. “Shtutgart” ham shuncha ochko bilan 24-o’rinni band etgan.