Madridning “Real” klubi Ispaniya La Ligasining 26-turidan o’rin olgan bahsda “Betis”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo’ydi.
Shu tariqa, “Qirollik klubi” Ispaniya chempionatining so’nggi besh o’yinida ikkinchi mag’lubiyatini qabul qilib oldi.
Shuningdek, Karlo Anchelotti shogirdlari so’nggi besh uchrashuvda bor-yo’g’i bitta g’alaba va ikkita durang qayd etgan. Yagona g’alaba “Jirona”ga qarshi o’yinda (2:0) qo’lga kiritilgan.
Ma’lumot uchun, “Real” La Liganing 26-turidan so’ng 54 ochko jamg’argan holda turnir jadvalida 3-o’rinda bormoqda.