Hozirda ijara asosida “Betis”da o’ynayotgan “Manchester Yunayted” vingeri Antoni nima uchun ispan klubiga o’tganiga izoh berdi.
“Men o’zimga bo’lgan ishonchni tiklashim, baxtli bo’lishim kerak edi va endi har kuni bu qarorim to’g’ri bo’lganiga ishonch hosil qilyapman.
Bu yerdagi hamma narsa menga yoqadi: shahar, klub va hamma narsa, umuman hamma hammasi yoqadi”, – deya Antonining so’zlarini keltiradi DAZN.
Eslatib o’tamiz, braziliyalik futbolchi 2025-yilning yanvar oyida “Betis”ga o’tgandi. Bu vaqt ichida u barcha turnirlarda 11 ta o’yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Antonining “Manchester Yunayted” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar amal qiladi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 20 million yevroga baholanmoqda.