Angliya Premyer ligasining nomi oshkor qilinmagan klublaridan birining rahbari 2009/2010-yilgi mavsumdan 2017/2018-yilgi mavsumgacha 115 ta moliyaviy qoidabuzarlik sodir etganligi uchun “Manchester Siti”dan 70-80 ochko olib qo’yilishi mumkinligini aytdi.
“Men eshitgan jamoaviy nuqtai nazarlarga ko’ra, tegishli sanktsiya balllarni sezilarli darajada kamaytirishi mumkin. Gap 70-80 ochko haqida ketmoqda. Bu “Manchester Siti”ga chempionatda bir mavsumni kafolatlaydi”, – deya APL klubi rahbarining so’zlarini keltiradi The Athletic.
Shuningdek, rahbarlardan biri “Manchester Siti”dan uch mavsum ketma-ket ochkolar olib tashlanishi mumkinligi, bu esa “shaharliklar”ning Chempionlar ligasiga chiqish imkoniyatlarini cheklashini aytdi.
Ma’lumot uchun, “Manchester Siti”da yuzaga kelgan moliyaviy qoidabuzarlik bo’yicha tergov 2018-yilning dekabr oyidan beri davom etmoqda.