“Roma” klubi bosh murabbiyi Klaudio Ranyeri Eldor Shomurodov haqida iliq gaplarni gapirdi.
Italiya A Seriyasi 22-turidan o’rin olgan bahsda “Roma” “Udineze” bilan to’qnash keldi va yakunda 2:1 hisobida g’alaba qozondi. Eldor Shomurodov ikkinchi bo’limning boshida zaxiradan o’yinga qo’shildi.
Uchrashuvdan so’ng Klaudio Ranyeri Shomurodovning o’yiniga munosabat bildirdi.
“Men Shomurodovni yaxshi bilaman, u bilan “Kalyari”da birga ishladim. Bugun u yaxshi o’ynadi va oldingi chiziqda raqiblarga xavf soldi.
Eldor katta tajribaga ega professional futbolchi. Men undan mamnunman. U bilan munosabatlarim juda yaxshi”, – deydi Ranyeri.
Eslatib o’tamiz, bir necha hafta davomida Eldor Shomurodov Rimni tark etishi haqidagi xabarlar tarqalmoqda. Hujumchimiz uchun kurashda asosiy favorit “Venetsiya” ekanligi aytilmoqda.