“Barselona”ning sobiq bosh murabbiyi Xavi o’ziga yangi jamoa qidirmoqda. Bu haqda Marca xabar berdi.
Manbaga ko’ra, 45 yoshli mutaxassisning yaqinlari Xavi o’rta va uzoq muddatli loyihaga ega bo’lgan Yevropa klubini izlayotganini aytmoqda.
Shuningdek, Xavi Ispaniyada ishlashni istisno qilmoqda. Chunki u “Barselona”dan tashqari bironta ispan klubini boshqarmoqchi emas.
Qayd etilishicha, mutaxassis katta ehtimol bilan yozda yana murabbiylikka qaytadi.
Eslatib o’tamiz, 45 yoshli murabbiy 2021-yildan 2024-yilgacha “Barselona”ni boshqargan va kataloniyaliklar bilan birga Ispaniya chempioni va Superkubogi sohibi bo’lgan.