Fransiyalik hujumchi Kilian Mbappe “Real”ning yetakchisiga aylandi.
Relevo nashri xabariga ko’ra, forvard jamoadoshlari orasida ishonchga ega bo’la boshlagan va kiyim almashtirish xonasida obro’ qozongan.
Bundan tashqari, 25 yoshli futbolchi shaxsiy murabbiylar xizmatidan voz kechishga qaror qildi. Shu tariqa, Mbappe “Real”ga to’liq ishonishini ko’rsatdi.
Eslatib o’tamiz, Kilian 2024-yilning yozida PSJ’dan erkin agent sifatida Madrid klubiga o’tgandi. U joriy mavsum La Ligada 19 ta o’yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.