“Inter Mayami” klubi himoyachisi Jordi Alba jamoadoshi Lionel Messi bilan munosabati haqida gapirdi.
“Men doim Leoga pas beraman, chunki u gol urishini bilaman. Bundan tashqari, xudbinligim tufayli mana shunday golli uzatmaga sazovor bo’laman”, – deydi ispaniyalik himoyachi.
Ma’lumot uchun, Messi o’tgan mavsumda o’z jamoasi uchun barcha turnirlarda 22 ta o’yin o’tkazib, 21 ta gol urdi va 18 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 20 million yevroga baholanmoqda.
Alba esa o’tgan mavsum “Inter Mayami” tarkibida 35 ta o’yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 14 ta golga assistentlik qildi.