Birinchi yarim yengil vazn toifasida vaqtinchalik WBA kamari sohibi Murodjon Ahmadaliyev Naoya Inouening so’nggi janggi haqida fikr bildirdi.
Eslatib o’tamiz, Inoue 24-yanvar kuni Yaponiyada tashkil etilgan professional boks oqshomida Ye Chun Kimga qarshi ringga ko’tarilib, 4-raundda nokaut bilan g’alaba qozondi.
“Inoue uchun bu jang juda ham oson edi. Gudman jarohat oldi. Bir hafta ichida Inoue uchun yangi raqib topish kerak edi. Keyin koreyalik bokschini tanlashdi.
Lekin u kuchli o’nlikda yo’q ekan, 11-o’rinda ekan. Endi bilmadim, а так men qayerda bo’lishidan qat’iy nazar Inouega qarshi jang qilishga doim tayyorman.
Inoue o’zini kuchli bokschi deb hisoblayotgan bo’lsa, biz ham подарка emasmiz. Sizlar duo qilinglar, qo’llab-quvvatlanglar. InshaAlloh, kamarlarni O’zbekistonga qaytaramiz.
Let’s go champ, Uzbek Power coming!”, – deydi Ahmadaliyev.
Ma’lumot uchun, Ahmadaliyev o’zining so’nggi janggi o’tgan yilning dekabr oyida Rikardo Espinozaga qarshi o’tkazib, 3-raundda raqibini nokautga uchratdi.