Londonning “Tottenhem” klubi Rodrigo Bentankurning diskvalifikatsiyasi yuzasidan apellyatsiya bermoqchi.
Eslatib o’tamiz, avvalroq Bentankur Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) tomonidan irqchilikda ayblangandi va 7 ta o’yinga diskvalifikatsiya qilingandi.
The Telegraph xabariga ko’ra, “Tottenhem” ushbu qaror ustidan apellyatsiya berishni rejalashtirmoqda. “Shporlar” jazoni qisman bo’lsa-da yengillashishiga umid qilmoqda.
Qayd etilishicha, irqchilik uchun minimal jazo oltita o’yinga chetlashtirish hisoblanadi.