Myunxenning “Bavariya” klubi Bundesliganing dastlabki turini ketma-ket 13 marta g’alaba bilan boshlab, Germaniya chempionatida rekord o’rnatdi.
“Volsburg” maydoniga safar qilgan myunxenliklar 3:2 hisobida g’alaba qozondi.
“Bavariya” safida gollarga Jamal Musiala va Serj Gnabri mualliflik qildi. Shuningdek, Yakub Kaminski o’z darvozasini ishg’ol qilib qo’ydi.
Mezbonlar safida esa Lovro Mayer dublni rasmiylashtirdi.
Ushbu g’alabadan so’ng, Myunxen klubi turnir jadvalida 3-o’ringa ko’tarilib oldi. “Volsburg” esa 12-o’ringa tushib ketdi.