“Roma” klubi hujumchisi Artyom Dovbik 15-sentyabr kuni A Seriyaning 4-turidan o’rin olgan “Jenoa”ga qarshi bahsda jamoaning asosiy tarkibiga kiritilmasligi mumkin. Bu haqda Tuttosport xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, rimliklar “Yuventus” bilan o’yinda (0:0) jarohat olgan 27 yoshli ukrainalik futbolchini xavf ostiga qo’ymoqchi emas.
Hujumchi katta ehtimol bilan “Jenoa”ga qarshi o’yinni o’tkazib yuboradi yoki zahiradan o’yinga qo’shiladi.
Qayd etilishicha, Dovbikning jarohati unchalik jiddiy emas, ammo klub uning maydonga qaytishi uchun vaqt ajratmoqchi, chunki oldinda to’rt hafta ichida oltita o’yin bor.
Ta’kidlanishicha, endi “Roma” safida markaziy hujum pozitsiyasida Dovbikning o’rniga hamyurtimiz Eldor Shomurodov o’z imkoniyatiga ega bo’ladi.