Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe “Qirollik klubi”da o’nashni bir so’z bilan ta’rifladi.
“Real”da o’ynash – bu orzu. Har kuni mashg’ulot o’tkazish, “Bernabeu”da o’ynash, shu futbolkani kiyish… Bu orzu!
Meni tanqid qilishganda ham gap muxlislar yoki “Real” haqida emasligini bilardim. Yomon o’ynashimga faqat o’zim aybdorman”, – deydi Mbappe.
Ma’lumot uchun, Mbappe joriy mavsum barcha turnirlarda 29 ta o’yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 160 million yevroga baholanmoqda.