“Manchester Siti” qishki transferlar oynasidagi transferlarni qachon e’lon qilishi ma’lum bo’ldi. Bu haqda Manchester Evening News jurnalisti Simon Baykovski xabar berdi.
Manbaga ko’ra, “shaharliklar” Abduqodir Husanov va Vitor Reys bilan o’rtadagi shartnomalarni yakuniy bosqichga olib kelmoqda. Ikkala o’yinchi ham keyingi 24 soat ichida jamoaga qo’shilishi kutilmoqda.
Shuningdek, “Manchester Siti” “Frankfurt” hujumchisi Omar Marmushning transferini ham yakunlash arafasida turibdi. Misrlik futbolchi juma kuni o’tkazilgan “Borussiya Dortmund”ga qarshi o’yinda ishtirok etmadi.