Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o’zi murabbiylik qilgan eng yaxshi besh nafar futbolchi nomini ma’lum qildi.
“Men murabbiylik qilgan eng yaxshi futbolchilar? Men Ronaldo Nazario, Krishtianu Ronaldu, Zlatan Ibrahimovich, Karim Benzema va Vinisius Juniorni aytgan bo’lardim”, – deydi Anchelotti.
Eslatib o’tamiz, Karlo Anchelotti 2021-yilning iyulidan buyon “Real”ni boshqarib kelmoqda.
Shuningdek, mutaxassis 2013-yildan 2015-yilgacha ham “Qirollik klubi”da bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritgan.