Angliya Premyer-ligasining 31-turidan o’rin olgan “Lester Siti” va “Nyukasl” o’rtasidagi bahsda “tulkilar”ning 15 yoshli hujumchisi Jeremi Mongo o’z debyutini o’tkazdi. Futbolchi 74-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.
BBC ma’lumotlariga ko’ra, 15 yoshu 271 kunlik bo’lgan Mongo 2022-yilning sentyabr oyida 15 yoshu 181 kunligida debyut qilgan “Arsenal” a’zosi Etan Nvaneridan keyingi Angliya Premyer-ligasida o’ynagan eng yosh ikkinchi futbolchiga aylandi.
Ta’kidlash joiz, Mongo homiylar nomi tushirilmagan futbolkada harakat qilgan. Chunki 2020-yildan buyon APL 18 yoshgacha bo’lgan futbolchilarga homiylar tasviri tushirilgan formalarni kiyishni taqiqlagan.