Los-Anjelosda bo’lib o’tgan UFC 311 turnirida ajoyib statistik fakt qayd etildi. To’rt nafar mag’lub bo’lmagan jangchilar faoliyatidagi dastlabki mag’lubiyatini qabul qilib oldi.
Umar Nurmagomedov chempionlik janggida Merab Dvalishviliga ochkolar hisobiga ko’ra mag’lub bo’ldi;
Payton Talbott ochkolar hisobiga ko’ra Raoni Barselosga yutqazib qo’ydi;
Rinya Nakamura ochkolar hisobiga ko’ra Muin G’ofurovga mag’lub bo’ldi;
Kleyton Karpenter ochkolar hisobiga ko’ra Tagir Ulanbekovga yutqazib qo’ydi.