“Liverpul” agar Muhammad Saloh yozda jamoani tark etsa, uning o’rnini bosuvchi nomzod topib qo’ydi. Bu haqda Deadlinedaylive xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, mersisaydliklar Salohning o’rniga asosiy nomzod sifatida “Real Sosedad” vingeri Takefusa Kuboni ko’rmoqda.
Qayd etilishicha, “Liverpul” yaponiyalik futbolchini qo’lga kiritish uchun ispan klubiga Federiko Kyeza, Xarvi Eliott va Vataru Endoni taklif qilishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Kubo joriy mavsum barcha turnirlarda 26 ta o’yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 40 million yevroga baholanmoqda.