Angliyaning “Nyukasl” klubi jamoa hujumchisi Aleksandr Isakni sotish variantlarini ko’rib chiqmoqda va uning transferidan tushgan daromadni Viktor Osimhenni qo’lga kiritishga sarflamoqchi. Bu haqda Football Insider xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, “hakkalar” nigeriyalik hujumchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Agarda Isak ingliz klubi ambitsiyalarini qondira olmasa, jamoa u bilan xayrlashishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Osimhen joriy mavsum barcha musobaqalarda 9 ta o’yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 75 million yevroga baholanmoqda.
