Yengil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Islam Maxachev faoliyatidagi to’rtinchi kamar himoyasi haqida fikr bildirdi.
Los-Anjelosda tashkil etilgan UFC 311 turnirida Maxachev Renato Moykanoni 1-raunddayoq bo’g’ish usuli orqali mag’lub etdi.
“Men doim marraga boraman. Bu hafta va butun tayyorlik davomida men buni qila olishimni aytdim. Men faqat qafasga kirib, o’z ishimni bajaraman”, – deydi Maxachev.