Yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Dastin Porye yaqin orada faoliyatidagi so’nggi janggini o’tkazishni rejalashtirayotgani, shundan so’ng jangovor faoliyatini yakunlashni e’lon qilishini aytdi.
“Siz uchun nimadir rejalashtirganman. Kuting, men kelaman. Va’da qilinganidek, oxirgi raqs. Qonli jang bo’lsin. Tez orada ko’rishguncha”, – deb yozdi Porye ijtimoiy tarmoqlarda.
Eslatib o’tamiz, Porye o’zining so’nggi janggini 2024-yilning iyun oyida Islam Maxachevga qarshi o’tkazgan va beshinchi raundda sabmishen orqali mag’lub bo’lgan.
Ma’lumot uchun, Dastin professional MMA’da 40 ta jang o’tkazib, ularning 30 tasida g’alaba qozongan, 9 marta imkoniyatni boy bergan va bitta jang o’tkazilmagan deb topilgan.