UEFA Chempionlar ligasi doirasidagi “Liverpul”ga qarshi safar o’yindan so’ng Madridning “Real” klubi avtobusi avtohalokatga uchradi.
Ingliz matbuotiga ko’ra, hodisa M40 trassasida sodir bo’lgan. Yo’lda harakatlanib ketayotgan avtobus yuk mashinasiga borib urilgan. Ushbu avtobus jamoa liboslarini olib ketayotgan bo’lgan va hech kim jarohat olmagan.
Qayd etilishicha, “Real” futbolchilari va xodimlari samolyotda Madridga yo’l olishgan. Avtohalokatga uchragan avtobus esa o’z kuchi bilan qaytib kelgan.