Qozog’iston terma jamoasi bosh murabbiyi, avvalroq “Ferensvaros”ni boshqargan Stanislav Cherchesov Moskvaning SSKA klubi vingeri Abbosbek Fayzullayevning Vengriya klubiga o’tishi mumkinligi haqida gapirdi.
“Hozir Fayzullayev SSKA’da o’ynaydi. O’sha paytda men “Ferensvaros”ning sport direktoriga Abbosga e’tibor qaratishimiz kerakligini aytgandim. Ular esa buni foydali taklif deb qabul qilishdi”, – deydi Cherchesov.
Eslatib o’tamiz, Fayzullayev 2023-yilning avgustidan buyon SSKA safida o’ynab kelmoqda. Hamyurtimiz joriy mavsum klub safida jami 23 ta o’yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Abbosning “armiyachilar” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026-yilning yoziga qadar mo’ljallangan. Uning Transfermarkt’dagi narxi 8 million yevroga baholanmoqda.