Angliya Premyer-ligasining 27-turidan o’rin olgan bahsda “Manchester Siti” “Tottenhem” maydoniga safar qildi va minimal hisobda g’alaba qozondi.
Uchrashuvning 12-daqiqasida “shaharliklar” hujumchisi Erling Holand hisobni ochdi. Ikkinchi bo’limga qo’shib berilgan daqiqalarda manchesterliklar hisobdagi farqni oshirgandi, biroq VAR golni bekor qildi.
Hamyurtimiz Abduqodir Husanov o’yinni asosiy tarkibda boshlab, to’liq maydonda harakat qildi.
Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” ushbu g’alabadan so’ng o’z ochkolari hisobini 47 taga yetkazib olib, 4-o’ringa ko’tarildi. “Tottenhem” esa 33 ochko bilan 13-pog’onada qoldi.